"Rossiya Somalining 690 million dollardan ortiq qarzlaridan kechdi", deya ma’lum qildi Somali bosh vaziri o‘rinbosari Salah Ahmad Jama.
Mamlakatlar Moskva oldidagi qarzlarni tartibga solish bo‘yicha ikkita muhim hujjatni imzoladilar. Ulardan biri SSSR davridagi qarzlarga tegishli - 1961 yilda Somali Markaziy banki hisobvaraqlarida bloklangan 7,5 million dollar, ikkinchisi Somalining Parij kreditorlar klubi oldidagi majburiyatlaridir.