Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, bugungi kunda Rossiya dizel eksportiga qo‘yilgan sanksiyalarning bekor qilinishiga Zaporojedagi turar-joy binolariga 5 ta boshqariladigan aviabomba tashlash bilan “minnatdorlik” bildirgan.
O‘tgan tun davomida Ukrainaning 13 ta viloyati hujumga uchragan. Turar-joy binolari, infratuzilma va temir yo‘llar shikastlangan.