Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya samolyoti Yamalo-Nenes tumanidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulab tushdi

A A A
Rossiya samolyoti Yamalo-Nenes tumanidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulab tushdi

Rossiyaning Utair aviakompaniyasining An-26 yo‘lovchi samolyoti Yamalo-Nenes tumanidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulab tushdi. Qattiq qo‘nish natijasida kemaning korpusi ikkiga bo‘linib ketdi, deb xabar bermoqda Rossiyaning «Interfaks» agentligi.

Rossiya matbuoti dastlab Sabetta aeroportidan havoga ko‘tarilib, Utrenniy aeroportiga yo‘l olgan samolyot havo harakatini boshqarish radarlaridan g‘oyib bo‘lganini xabar qildi.

Samolyot bortida 5 kishidan iborat ekipaj va 36 yo‘lovchi bo‘lgan.

Ikki ekipaj a’zosi va bir yo‘lovchi jarohatlangani aytilmoqda. Utairning aytishicha, favqulodda qo‘nishga ob-havoning keskin yomonlashuvi sabab bo‘lgan.

💬 «Barcha 36 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi aeroport terminali binosiga evakuasiya qilindi. Yo‘lovchi va ekipajning ikki a’zosi jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan», — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Kiritildi: 23:00 14.06.2024. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!