Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Rossiya chegarachilari so‘nngi paytlarda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini radikal diniy kanallarga obuna bo‘lgani uchun mamlakatga kiritishdan bosh tortmoqda. Bu holat TASS agentligi o‘rgangan 20 dan ziyod sud materiallarida qayd etilgan.

TASS agentligining yozishicha, O‘zbekiston fuqarosi Akmaljon B. Rossiyaga kirishda radikal diniy blogerlar kanallarini tomosha qilgani va terrorchilik faoliyati haqidagi videolarni ko‘rgani uchun to‘xtatilgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, chegara xizmati uning bunday kontentga qiziqishini xavfli deb baholagan va bu holat Rossiya xavfsizligiga tahdid sifatida qabul qilingan.

Shuningdek, Tojikiston fuqarosi Dilshod A. ham YouTube’da taqiqlangan islomiy radikal va aksilrossiya kontentlariga obuna bo‘lgani bois chegaradan o‘tkazilmagan. Tekshiruv davomida u radikal ruhdagi videolarni ko‘rgani va Rossiyaga qarshi targ‘ibotni kuzatgani aniqlangan.

Ayrim holatlarda fuqarolar ukrainparast kanallarga obuna bo‘lgani yoki Rossiya huquq-tartibot organlari faoliyatini tanqid qilgan yozishmalarni yuborgani qayd etilgan. Ular chegarani kesib o‘tishdan oldin messenjerlardagi yozishmalarni o‘chirishga uringan bo‘lgan.

TASS ta’kidlashicha, bu kabi tekshiruvlar 2024 yil mart oyidagi «Crocus City Hall»dagi terrorchilik hujumidan so‘ng kuchaytirilgan. Hujumda ishtirok etganlikda Tojikiston fuqarolari gumon qilingan edi.

So‘nggi 1,5 yilda 20 nafardan ziyod fuqaro ushbu rad etish qarorlarini sud orqali bekor qilishga urinadi, biroq barcha holatda sudlar chegarachilar pozisiyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Kiritildi: 18:25 22.07.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!