Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov yo‘nalishidan Kurskga olib ketmoqda

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov yo‘nalishidan Kurskga olib ketmoqda

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov yo‘nalishidan Kurskga olib ketmoqda. Bu haqda The Economist Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Kursk viloyatidagi operasiyaning yakuniy maqsadlari haligacha noaniq, deya qayd etadi jurnalistlar. Ammo, aftidan, Ukraina harbiylarining minimal vazifasi rus qo‘shinlarini Xarkov va Donetsk viloyatlaridagi front sektorlaridan olib chiqishdir. Hozircha natijalar «noaniq», deb yozadi The Economist.

«Ularning [Rossiya qo‘shinlari] qo‘mondonlari ahmoq emas. Ular kuchlarni harakatga keltiradilar, lekin biz xohlaganchalik tez emas. Ular bilishadiki, biz logistikani 80 yoki 100 kilometrdan ko‘proq uzaytira olmaymiz», - dedi nashrning Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabidagi suhbatdoshi anonimlik sharti bilan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarning bir qismini Xarkov yo‘nalishidan ko‘chirgan, ammo Donbass hududidagi frontdan nisbatan kamroq qo‘shin olib chiqilgan.

Kiritildi: 16:32 12.08.2024. O'qildi: 2234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!