Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari Kursk oblastida faol qarshi hujum boshladi

Rossiya qo‘shinlari Kursk oblastida faol qarshi hujum boshladi

Rossiya harbiylari Kursk oblastida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ga qarshi keng ko‘lamli qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda 10 oktyabr, payshanba kuni kechqurun Ukrainaning Deepstate monitoring loyihasi ma’lum qildi. Rossiyalik harbiy blogerlar ham Rossiya Federasiyasining Korenev, Sudja va Glushkovo rayonlarida faol qarshi hujumi haqida yozyapti.

Xususan, Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan «Ribar» Telegram-kanali Rossiya bo‘linmalari «Ukraina qo‘shinlarini Glushkovo tumanidan deyarli butunlay siqib chiqarganini» da’vo qilmoqda. «Dva mayora» kanali ruslarning Sudja rayonidagi Zeleniy Shlyax qishlog‘i yaqinida oldinga siljigani haqida xabar berdi. Korenev rayonida, Ukrainaning Deepstate loyihasiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 10 oktyabrda 38 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni yo‘qotdi. Shunday qilib, Ukraina bir oy ichida Kursk oblastida eng katta yer uchastkasidan 24 soat ichida mahrum bo‘ldi, deb yozadi «Agentstvo» Telegram-kanali.

«Severniy veter» kanaliga ko‘ra, 10 oktyabr kuni kechqurun rus qo‘shinlari «beshta aholi punktini egallab, kamida ikkita dushman batalonini o‘rab olishga, ikkita muhim ta’minot va evakuasiya yo‘lini kesishga» muvaffaq bo‘lishdi. 11 oktyabr kuni Chechenistonning «Axmat» maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinov «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Federasiyasi allaqachon Kursk oblastida 15 aholi punktidan ukrainalik harbiylarni siqib chiqarganini aytdi.

Kiritildi: 09:38 12.10.2024. O'qildi: 1358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!