13 dekabr kuni Rossiyaning uchuvchisiz samolyoti Qora dengizda Turkiyaning VIVA kemasiga aniq zarba berdi.
Bu haqda Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
11 nafar Turkiya fuqarosi bo‘lgan kema kungaboqar yog‘i yuki bilan "don koridori" orqali Misrga ketayotgan edi. Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, zarba Ukrainaning eksklyuziv dengiz iqtisodiy zonasi doirasidagi ochiq dengizda, lekin havo hujumidan mudofaa poligonidan tashqarida bo‘lgan.
"Rossiya xalqaro dengiz qonunchiligini qo‘pol ravishda buzmoqda. Bunday harakatlar navigasiya erkinligining asosiy tamoyillariga bevosita ziddir", - deyiladi bayonotda.
Hujum natijasida ekipaj jabrlanmagan, kema Misrdagi manziliga yo‘l olgan.
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari dron hujumi oqibatlari aks etgan kadrlarni ham e’lon qildi.