Uning aytishicha, 2025 yilda Rossiyada sanoat ishlab chiqarishi 2021 yilga nisbatan 12 foizga oshgan, qayta ishlash sanoati hajmi esa qariyb 25 foizga ko‘paygan.
Putin Rossiya sanoat mustaqilligini yanada kuchaytirishga chaqirib, ayni paytda xorijiy davlatlar bilan texnologik hamkorlik davom etishini ta’kidladi.
Shuningdek, u SVO qatnashchilari mudofaa sanoati va fuqarolik tarmoqlari uchun muhim kadrlar zaxirasi bo‘lishini bildirdi.
Rossiya Mashinasozlar ittifoqining X qurultoyida «Rostex», «Roskosmos», Birlashgan aviasozlik korporasiyasi, «Almaz-Antey», «Uralvagonzavod» va «AvtoVAZ» kabi yirik korxonalar vakillari ishtirok etmoqda.