Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya prezidenti oligarxlarni ogohlantirdi

Rossiya prezidenti oligarxlarni ogohlantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Rossiya iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi muqarrar. 2024 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 4,1 foizga o‘sdi, biroq iqtisodiyot muqarrar ravishda soviydi hamda hukumat va Markaziy bank bu jarayonni bir tekis qilib qo‘yishi, «kriokameradagidek» gipotermiyaning oldini olishi kerak, dedi Putin 18 mart, seshanba kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) qurultoyida.

«Markaziy bankda bitta ko‘rsatkich bor, hukumat va Iqtisodiy rivojlanish vazirligida boshqa raqam bor, bu 4,1 foiz emas — 2-2,5 foiz. Lekin biz qulash yoki haddan tashqari sovishdan qochish uchun nimadir qilishimiz kerak. Bu nozik masala, lekin umid qilamanki, bu ish bo‘ladi», dedi u RSTI qurultoyi ishtirokchilariga murojaat qilib. Ittifoq boshqaruviga Forbes Rossiya ro‘yxatidagi milliarderlar kiradi.

Shu bilan birga, Putin iqtisodiyot haddan tashqari sovib ketishi xavfi haqida muhokamani boshlamaslikni taklif qildi, chunki bu holda yig‘ilish tungacha cho‘zilishi mumkin, deb xabar beradi "Interfaks" agentligi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 2025 yilda deyarli yarmiga — 4,1 foizdan 2-2,5 foizgacha sekinlashishini taxmin qilmoqda. Rossiya Federasiyasi Markaziy banki bundan ham kichikroq o‘sishni kutmoqda — inflyasiya maqsadli ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan 1-2 foiz darajasida — 4 foiz o‘rniga 7-8 foiz.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!