Putin mashg‘ulotda video aloqa orqali ishtirok etdi. Yadro mashg‘uloti qanotli va ballistik raketalarning amaliy uchirilishini o‘z ichiga oldi.
Putin yadro qurolidan foydalanishni "davlat xavfsizligini ta’minlash uchun o‘ta qaltis chora" deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya yadroviy kuchlarining barcha tarkibiy qismlarini yaxshilaydi, ammo "yangi qurollanish poygasiga tortilish niyatida emas".