Vladimir Putin Rossiyada faoliyati nomaqbul deb topilgan tuzilmar veb-saytlarida va taqiqlangan axborot resurslarida reklama joylashni taqiqlovchi qonunni imzoladi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Gap, xususan, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida reklama joylashni taqiqlash haqida bormoqda, ushbu tarmoqlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Rossiya Federasiyasi hududida “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qilingan.
Huquqshunoslarning fikriga ko‘ra, ushbu qonunni buzganlik uchun jarimalar ham reklama beruvchilar, ham uni tarqatuvchilarga qo‘llaniladi.
BBC suhbatlashgan mutaxassislar blogerlar ehtimoliy yo‘qotishlarini ikki milliard rublga (23 million dollardan ortiq) baholashmoqda va bu taqiq nafaqat ularning daromadiga, balki yirik chakana savdo kompaniyalarining foydasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini taxmin qilishmoqda.