Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Oliy sudi “Tolibon” harakatining faoliyatini taqiqlash qarorini vaqtincha to‘xtatdi — “Meduza”

Rossiya Oliy sudi “Tolibon” harakatining faoliyatini taqiqlash qarorini vaqtincha to‘xtatdi — “Meduza”

Mart oyi oxirida Rossiya Bosh prokuraturasi “Tolibon”ga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha bekor qilishni so‘ragan edi. Oliy sudning tegishli majlisi yopiq tarzda o‘tkazildi. Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, taqiqni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror darhol kuchga kiradi.

“Tolibon” harakati Rossiyada 2003 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi uni tegishli ro‘yxatga kiritgach, "terroristik tashkilot” deb e’lon qilingan edi. Shunga qaramay, “Tolibon” vakillari Rossiyaga tashrif buyurib, rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelgan.

Kiritildi: 19:03 17.04.2025. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!