Rossiya Ukrainaning Kursk viloyatidagi bir qancha aholi punktlarini bosib olganini tasdiqlashga majbur bo‘ldi.
Ukraina armiyasi Rossiyaning Kursk viloyatidagi 28 ta aholi punktini ishg‘ol qilib, mamlakat hududida 12 km.ga yaqin masofani bosib o‘tganini ma’lum qilmoqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov.
Prezident Vladimir Putinga chegara mintaqasidagi vaziyat haqidagi hisobotida Smirnov Ukraina qo‘shinlari bilan hozirgi to‘qnashuvlarda aniq front chizig‘i yo‘qligini, bu ularning joylashuvini aniqlashni murakkablashtirayotganini aytdi, deb xabar berdi RT.
Kursk viloyatining chegara hududlarida to‘qnashuvlar Kiyev qo‘shinlari yirik transchegaraviy bosqinni boshlagan 6 avgustdan beri davom etmoqda. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy antiterror qo‘mitasi (MAQ) mintaqada tegishli choralar ko‘rishga kirishgan
«Hozirda mintaqadagi vaziyat og‘ir... 2000 ga yaqin odam bor, ularning taqdiri bizga ma’lum emas», - dedi Smirnov hozirda Kiyev armiyasi nazorati ostidagi aholi punktlaridagi odamlarga ishora qilib.
O‘tgan haftadan buyon mintaqada kamida 12 kishi halok bo‘ldi, deydi rasmiy, yana 121 nafar kishi, jumladan, o‘nta bola yaralangan. Uning qayd etishicha, janglar boshlanganidan beri 121 mingga yaqin mahalliy aholi yo hududni tark etgan yoki evakuasiya qilingan, biroq yana 180 ming kishi evakuasiya qilinishi kerak.
Smirnov avvalroq Ukraina armiyasi «tinch aholiga va tez yordam mashinalariga qarata o‘q uzish» orqali evakuasiya harakatlariga to‘sqinlik qilishga uringanini ma’lum qilgan edi.