Bu haqda Ukraina razvedkasi xabar bermoqda.
Rossiya NATOning sharqiy qanotidagi davlatlarga bosimni kuchaytirib, alyansning bunga javobini sinab ko‘rishga urinadi. Ivashchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bosimni kuchaytirish orqali NATO davlatlarining Moskva bilan ochiq qarama-qarshilikka qanchalik tayyorligini tekshirmoqchi. Shuningdek, Kreml Yevropa mamlakatlariga axborot va psixologik ta’sir o‘tkazib, ularning Ukrainaga harbiy yordamini kamaytirishga erishishni ko‘zlamoqda.
Uning aytishicha, Rossiyaning Ruminiya, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari havo hududini buzishi, NATO chegaralari yaqinidagi harbiy provokasiyalar, Yevropadagi muhim infratuzilmaga qarshi diversiyalar, kiberhujumlar va dezinformasiya kampaniyalari kuzatilmoqda.
Kiritildi: 19:45 07.09.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.