Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya musulmonlar idorasi ko‘pxotinlikka ruxsat beruvchi fatvoni qaytarib oldi

Rossiya musulmonlar idorasi ko‘pxotinlikka ruxsat beruvchi fatvoni qaytarib oldi

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi ko‘pxotinlikka ruxsat beruvchi fatvoni qaytarib oldi. Bu haqda kengash raisi Shamil Alyautdinov xabar berdi.

Qaror Bosh prokuraturaning chaqirig‘i va Rossiya jamoatchiligining munosabati bilan qabul qilingan.

Rossiya Bosh prokuraturasi “Rossiya musulmon hamjamiyatida ko‘pxotinlilik masalasi” fatvosini bekor qilishga chaqirgani haqidagi OAVda paydo bo‘lgan ma’lumot va Rossiya jamoatchiligi tomonidan bildirilgan munosabat sababli, Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolar kengashi mazkur fatvoni qaytarib olmoqda. Bu Allohning irodasi, shu bois Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi bu masalada munozaraga kirishishni ma’qul ko‘rmaydi, deyiladi rasmiy munosabatda.

Kiritildi: 11:20 24.12.2024. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!