Rossiya Moliya vazirligi G‘arb kompaniyalaridan Rossiya bozoriga qaytish uchun texnologiyalarni topshirishni talab qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Nashrning ikki rossiyalik manbasiga ko‘ra, Moliya vazirligi G‘arb kompaniyalarining qaytishi bo‘yicha dastlabki takliflarni tayyorlagan. Bu takliflar ishlab chiqarishning bir qismini mahalliylashtirish va unumdorlikni oshirish maqsadida texnologiyalarni topshirishga rozilik berish talabini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, Bloomberg'ning ma’lum qilishicha, hozircha birorta yirik xorijiy kompaniya urush tugaguncha Rossiyaga qaytish niyatini bildirmagan.
2025 yilda Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarning iliqlashuvi fonida Rossiya hukumati va unga yaqin ommaviy axborot vositalari hamda mutaxassislar 2022 yilda Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga bosqini boshlanganidan kesin mamlakatni tark etgan xorijiy kompaniyalarning mahalliy bozorga qaytish imkoniyatini jiddiy muhokama qila boshladilar.