Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Markaziy Osiyoga gaz eksportni oshirdi

Rossiya Markaziy Osiyoga gaz eksportni oshirdi

2025 yilda Rossiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga ko‘paytirdi, deya xabar berdi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller Peterburgdagi xalqaro gaz forumida.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’ati jadallashmoqda va kelgusi 5–6 yil ichida u 60 foizgacha yetishi mumkin. Bu esa tabiiy ravishda energiya, xususan, gaz iste’moli oshishiga olib keladi (https://t.me/Energetika/8156).

“Gazprom” bu ehtiyojni qoplash maqsadida “Sibir qudrati–2” gaz quvurini asosiy yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda. Miller bu loyihani “mintaqaga gaz yetkazib berishda yangi bosqich va yangi turtki” deb ta’rifladi.

Unga ko‘ra, loyiha nafaqat Markaziy Osiyo, balki Global Janub davlatlarida ham gaz talabini kuchaytiradi.

Kiritildi: 18:33 10.10.2025. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!