Rossiya Markaziy banki Yevropa Ittifoqining Lyuksemburgdagi sudiga ariza topshirib, Rossiya aktivlarini muddatsiz muzlatish to‘g‘risidagi qarorga e’tiroz bildirdi
Bankning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining qarori Rossiyaning asosiy huquqlari, mol-mulkga daxlsizlik va davlat hamda markaziy banklarning huquqlariga zid keladi. Shuningdek, bu qaror huquqning asosiy prinsiplariga ham muvofiq emas.
Markaziy bank bu qaror qoidabuzarlik bilan qabul qilinganini, chunki Yevropa Ittifoqi barcha a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganini qayd etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda muzlatilgan Rossiya aktivlarining asosiy qismi Belgiyaning Euroclear depozitariysida saqlanadi. 2025 yil dekabr oyida Markaziy bank Moskvaning Arbitraj sudiga Euroclear ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.