Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yana bir foizga oshirdi. Endi u 19%ni tashkil qiladi. Bu 2022 yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich, o‘shanda yillik stavka 20% bo‘lgan.
"2024 yil 13 sentyabrda Rossiya Markaziy banki Direktorlar kengashi asosiy stavkani yillik 19,00% gacha oshirishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.
Asosiy stavka Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kreditlar berish va ulardan depozitlarga pul mablag‘larini qabul qilishning minimal foizi hisoblanadi. Uning kattaligi inflyasiyaga ta’sir qiladi. Regulyator asosiy stavkani oshirganda, iqtisodiyotdagi pul qimmatlashadi - uy xo‘jaliklari va biznes uchun kreditlar va depozitlar bo‘yicha bank stavkalari oshadi. Pul sarflash va kredit olishdan ko‘ra omonat ochish va jamg‘arish foydaliroq bo‘ladi. Shuning uchun tovarlar va xizmatlarga talab kamayadi, narxlar sekinroq ko‘tarila boshlaydi va inflyasiya sekinlashadi.
Markaziy bank ushbu chorani Rossiya iqtisodiyotida bugungi kunda mavjud vaziyat taqizo etayotgani bilan izohladi. Xususan, ichki talab taklifga qaraganda tezroq o‘simoqda, ish haqi ham mehnat unumdorligiga qaraganda tezroq o‘smoqda, umuman Rossiya iqtisodiyoti muvozanatsiz o‘sib bormoqda. Shu sababli inflyasiya bosimi yuqoriligicha qolmoqda - yil oxirida inflyasiya, iyul oyidagi prognozdan 6,5–7% oshib ketishi mumkin, - deyiladi xabarda.
2023 yil oxiridan boshlab Markaziy bank asosiy stavkani yillik 16 foiz darajasida ushlab turdi, biroq iyul oyida inflyasiyaning tezlashishi, kreditlash stavkalarining tez sur’atlari va inflyasiya kutilmalarining oshishi fonida oshirdi. Keyin regulyator stavkani 18 foizgacha oshirdi.