Bu haqda Ukrainaning Deepstate monitoring loyihasi xabar berdi. Shuningdek, rus Telegram kanallari Rossiya Federasiyasining Korenevskiy, Sudjanskiy va Glushkovskiy tumanlarida faol aksil-hujumi haqida yozmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan “Ribar” Telegram kanalining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi bo‘linmalari Glushkovskiy tumanidan Ukraina qo‘shinlarini deyarli butunlay siqib chiqargan.
Deepstate loyihasining yozishicha, Ukraina qurolli kuchlari 10 oktyabr kuni Korenevskiy tumanida 38 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni yo‘qotgan.
"Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Kursk viloyatida Rossiya armiyasining yangi ommaviy qarshi hujumi boshlandi", — deydi mustaqil harbiy tahlilchi Yan Matveev.