Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya “Koreya ssenariysi” bo‘yicha urushni muzlatishga qarshi — Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori

A A A
Rossiya “Koreya ssenariysi” bo‘yicha urushni muzlatishga qarshi — Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori

Sergey Narishkin, shuningdek, butun Yevropa qit’asi uchun tinchlikni ta’minlashni o‘z ichiga olgan kelishuv asosida Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytadi.

"Rossiya “Koreya ssenariysi” yoki boshqa har qanday variantga ko‘ra mojaroning muzlatilishini qat’iyan rad etadi. Barchamizga mustahkam va uzoq muddatli tinchlik kerak. Qolaversa, bu tinchlik birinchi navbatda Rossiya uchun ta’minlanishi kerak. Tinchlikni ta’minlash sharti Ukraina mojarosiga sabab bo‘lgan sabablarni bartaraf etishdir", — dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Ukraina masalasida Putin iyun oyida aytgan shartlar bo‘yicha tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga tayyor. Bu shartlar orasida Ukrainaning to‘rt viloyati — Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojening butun hududini Rossiya Federasiyasiga topshirish ham bor.

Kiritildi: 16:47 26.11.2024. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!