Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyevga raketa hujumi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi.
Hujum natijasida 630 ta bino, 16 ta tibbiyot muassasasi, 30 ta maktab va bolalar bog‘chasining issiqlik ta’minoti uzildi, raketa qoldiqlari uch tumanda zarar va yong‘inlarga sabab bo‘ldi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari shahar tomon uchirilgan beshta qisqa masofali «Iskander» ballistik raketalarini tutib olganini ma’lum qildi.
«Biz fuqarolardan ballistik hujum tahdidi haqidagi xabarlarga zudlik bilan javob berishlarini so‘raymiz, chunki boshpana topishga vaqt juda oz», — dedi havo kuchlari.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu zarbani ikki kun avval Rossiyaning Rostov chegarasidagi Ukraina raketa hujumiga javoban ma’lum qildi.