Rossiya kelasi yilda mudofaaga o‘tishi mumkin.
Nashrning yozishicha, Rossiyaning may oyida Xarkovga boshlagan hujumi susayib qoldi. Front chizig‘ining boshqa joylarida, ayniqsa Donbassdagi yutuqlarning strategik jihatdan ahamiyati judayam kam va ularga katta yo‘qotishlar evaziga erishilmoqda.
Endi savol Ukraina kurashni davom ettira olishi yoki yo‘qligida, shuningdek, Rossiya Federasiyasi o‘z operasiyalari sur’atini qancha vaqt ushlab turishida. Keng miqyosli urushning dastlabki 2 yilida Rossiya 3000 ga yaqin tank va 5000 dona boshqa turdagi zirhli texnikasini yo‘qotdi, deb yozadi gazeta.