Norvegiya polisiyasi «Rossiya josusi» deb hisobllangan kit Xvaldimirning o‘limiga odamlar sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Norvegiya suvlarida besh yil avval bo‘yniga jabduq bog‘langan holda aniqlangan va 31 avgust kuni o‘lik holda topilgan beluga kitining og‘ziga tayoq tiqilib qolgan va uning o‘limi inson faoliyati bilan bog‘liq emas, dedi polisiya.
Xvaldimirning jasadi - norvegcha kit so‘zi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ismining birikmasi - bir hafta oldin Norvegiya janubida baliq ovlayotgan ota va o‘g‘il dengizda suzib yurganida aniqlangan.
Janubi-g‘arbiy okrug polisiyasi bayonotida aytilishicha, tekshiruv uzunligi 35 sm va kengligi 3 sm bo‘lgan tayoq kitning og‘ziga tiqilib qolganini ko‘rsatgan.
«O‘tkazilgan tergovlarda Xvaldimirning o‘limiga bevosita inson faoliyati sabab bo‘lganini aniqlaydigan hech narsa yo‘q».