Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi faoliyatini taqiqlash Isroilni BMTga qabul qilish shartlarini buzadi, deya ta’kidlamoqda Rossiya TIV.
Moskva Knessetning agentlik a’zolarining terrorizmdagi ishtiroki hamda UNRWA nazorati ostidagi ta’lim muassasalarida nafratning doimiy kuchayishi sababli UNRWA faoliyatini taqiqlash haqidagi yaqinda qabul qilingan qaroriga izoh berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Isroil UNRWA a’zolarining terrorizmda ishtirok etgani to‘g‘risida dalillar keltirmagan – garchi agentlikning o‘zi avvalroq ayrim xodimlar XAMAS a’zosi ekanligini tan olgan.
«Amaliy nuqtai nazardan, bu UNRWA insonparvarlik yordami, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohalarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yagona va shubhasiz manbai bo‘lgan va shunday bo‘lib kelgan millionlab falastinliklar uchun jamoaviy jazoning yana bir shakli bo‘ladi. », deyiladi bayonotda.