Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya iqtisodiyotida deyarli 3 million ishchi yetishmayapti

A A A
Rossiya iqtisodiyotida deyarli 3 million ishchi yetishmayapti

Rossiya iqtisodiyotining ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoji joriy yilning ikkinchi choragida 10 foizga oshdi va 2,7 million kishini tashkil etdi.

Bu haqda Oliy iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga tayanib, "Izvestiya" xabar bermoqda.

"Yilning birinchi yarmida ishchilar taqchilligiga eng ko‘p bog‘liqlik qurilish segmentida va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarda kuzatildi", — deyiladi materialda.

Mehnat bozorida eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari IT, qurilish va chakana savdo sohalarida. Maqolada aytilishicha, ishchi kuchi taqchilligi korxonalarda mutaxassislarni ushlab qolish choralarini ko‘rish, maoshlarni oshirish va ishga qabul qilish chegaralarini kengaytirish, yoshlarni ham, keksa avlod vakillarini ham ishga olishiga olib kelmoqda.

Ushbu fonda Rossiya Federasiyasida iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda, deb ta’kidlaydi gazeta.

Kiritildi: 09:17 11.11.2024. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!