Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish yuz berdi. Bir nechta aloqa operatorlari abonentlari muammolarga duch kelishdi.
Downdetector.su ma’lumotlariga ko‘ra, Bilayn, Megafon, Rostelekom va MTS mijozlari orasida muammolar kuzatilmoqda, Dom.ru Tele 2 va MGTS operatorlari ishida ham uzilishlar yuz bergan.
Ko‘pgina veb-saytlar ochilmagag, mobil ilovalar, jumladan, banklar va Telegram ilovalari ishlamaydi. RBK nashrining ta’kidlashicha, nosozliklarni kuzatish xizmatlari ham ochilmaydi.
Mash Telegram-kanalining yozishicha, Roskomnadzor matbuot xizmati nosozliklarga nima sabab bo‘layotganini izohlamagan.
“Barcha operatorlar bo‘yicha nosozliklar qayd etilmoqda, nosozlik sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.