Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya ichki reyslarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston aviakompaniyalaridan yordam so‘radi

Rossiya ichki reyslarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston aviakompaniyalaridan yordam so‘radi

G‘arbiy sanksiyalar tufayli samolyotlar tanqisligiga duch kelgan Rossiya ichki reyslarni amalga oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari aviakompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Sanksiyalar ostidagi davlat O‘zbekistondan ham hamkorlik qilishni so‘ragan.

G‘arbiy sanksiyalar tufayli samolyotlar tanqisligiga duch kelgan Rossiya ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ularning aviakompaniyalari orqali ichki reyslarni amalga oshirish va sayohat talabini qondirish masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Ukrainadagi urushdan avval yetkazib berilgan ko‘plab g‘arb samolyotlaridan foydalanadigan Rossiya aviakompaniyalari aviaqatnovga bo‘lgan talabni qondirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki sanksiyalar ehtiyot qismlarga kirishni cheklamoqda va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun vaqt talab etilmoqda.

Transport vaziri Roman Starovoyt o‘tgan haftada Rossiya “do‘stona” davlatlar, shu jumladan, Qozog‘iston bilan xorijiy aviakompaniyalarning ichki reyslarini amalga oshirishi haqida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan, deb xabar berdi rossiya axborot agentliklari.

Rossiya shuningdek, O‘zbekistonga murojaat qilgan bo‘lib, bu taklifni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bergan O‘zbekiston hukumatidan manba Reuters agentligiga.

“Hozirgacha bu masala yuzasidan Rossiya tomonidan rasmiy so‘rov bo‘lmagan”, — deb bildirgan Qozog‘iston Transport vazirligi. Tojikiston va Qirg‘iziston rasmiylari ham rasmiy so‘rov olmaganliklarini ma’lum qilishgan. O‘zbekiston Transport vazirligi izoh berish so‘roviga hozircha javob bermagan.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!