Rossiya hukumati internet-xaridlar orqali tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorini 1000 yevro miqdorida belgilash masalasini muhokama qilmoqda
Jismoniy shaxslar uchun bu limitni 1 oktyabrgacha amal qilishi kutilmoqda.
Kuni kecha Rossiya hukumati quyidagilarni takliflarni ko‘rib chiqdi:
🔹elektron tijorat doirasida tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorini oshirish;
🔹bojxona rasmiylashtiruvi paytida iste’mol tovarlari, birinchi navbatda, oziq-ovqat va dori-darmonlarga ustuvorlik berish;
🔹o‘ta muhim bo‘lgan import tovarlarining ro‘yxatini tuzish, bu tovarlar uchun bojlarni bekor qilish.