Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya hukumati banditlik va narkotik moddalar kontrabandasi uchun sudlanganlarni harbiy xizmatga jalb qilmoqchi

Rossiya hukumati banditlik va narkotik moddalar kontrabandasi uchun sudlanganlarni harbiy xizmatga jalb qilmoqchi


Mamlakat hukumati Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasini kiritdi. U safarbarlik, harbiy holat va urush davrida Jinoyat kodeksining ayblanuvchilar va sudlanuvchilariga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish huquqini beruvchi moddalar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Xususan, banditlik, uyushgan jinoiy guruh tuzish, narkotik moddalar yoki naqd pul kontrabandasi, yadroviy va radioaktiv materiallarni noqonuniy olish va saqlash, shuningdek, ularni o‘g‘irlash yoki tovlamachilik yo‘li bilan egallash kabi jinoyatlar bo‘yicha ayblanayotgan yoki sudlanganlarga shartnoma tuzishga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasiga ilova qilingan tushuntirish xatida aytilishicha, loyihaning qabul qilinishi "salbiy ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va boshqa oqibatlarga olib kelmaydi" hamda "davlat dasturlari maqsadlariga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi".

Kiritildi: 20:31 18.07.2026. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!