Janubiy Koreyada bortida 170 dan ortiq odam bo‘lgan samolyot butunlay yonib ketdi. Bu haqda 24kz yozgan.
Yaxshiyamki, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘z vaqtida evakuasiya qilingan va ularning barchasi tirik qolgan. Voqea Pusan aeroportida yuz bergan. Gonkongga uchayotgan samolyot havoga ko‘tarilish arafasida yonib ketgan. Yong‘in nimadan boshlangani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, bir oy avval Janubiy Koreyaning Muan shahridagi aeroportga g‘ildiraklarini pastga tushirgan holda qo‘ngan samolyot beton to‘siqqa borib urilgandan so‘ng darhol portlab, yonib ketgan edi. 181 kishidan faqat ikkitasi tirik qolgandi.