Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil bahorida Rossiya qo‘shinlari nega Kiyevdan olib ketilganiga izoh berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, "Evropaning ba’zi yetakchilari" Ukraina "peshonasiga to‘pponcha qadalgan holda" tinchlik bitimini imzolay olmasligini aytib, Rossiya armiyasini olib chiqishni so‘rashgan.
"Umuman olganda, bu holatda bizni aldashlari ehtimoli borligi aniq edi. Chunki Rossiyani o‘nlab yillar davomida aldab kelishgan. Shunga qaramay, jiddiy qon to‘kilishining oldini olish nuqtai nazaridan biz bunga rozi bo‘ldik", — deya fikr bildirdi Rossiya prezidenti.