Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana o‘sishni boshladi — Bloomberg

Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana o‘sishni boshladi — Bloomberg

Bloomberg agentligining Yevrokomissiya ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, Rossiyaning gaz eksporti ulushi Yevropa ittifoqi importlari tarkibida yana o‘sishni boshladi. Bu ko‘rsatkich Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin keskin pasaygan edi. 2022 yilning birinchi choragida Rossiyadan kelgan gazning Yevroittifoqdagi ulushi 34%ni tashkil etgan (ikkinchi o‘rinda 25% bilan Norvegiya bo‘lgan). Ammo 2023 yilning ikkinchi choragiga kelib, Rossiya gazining ulushi 14%ga tushgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytdan boshlab import yana o‘sishni boshladi.

2024 yilning birinchi choragida Rossiya gazi Yevropa ittifoqining umumiy gaz importining 19 foizini tashkil etdi. Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha Norvegiya (34%) va AQSh (20%)dan keyingi o‘rinda turibdi, ammo Jazoir (13%) va Ozarbayjon, Qatar, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlardan birgalikda yetkazib berilayotgan gazni (14%) ortda qoldirdi.

Bruegel tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining gaz importi qiymati 2022 yil boshlarida eng yuqori nuqtaga yetgan (oyiga 16 milliard dollar).

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!