Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga olib kelish yo‘llari ko‘rib chiqildi

A A A
Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga olib kelish yo‘llari ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 9 fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan (https://t.me/minenergy_uz/7179) “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.

Kiritildi: 22:08 09.02.2023. O'qildi: 2955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!