Rossiya va AQSh Yevropaga Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.
"Vashington va Moskva rasmiylari AQSh qit’aga Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklashga qanday yordam berishi mumkinligi haqida muzokaralar olib bordi," - deyiladi materialda.
Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Moskvaning Yevropa Ittifoqi gaz bozoridagi rolini tiklash Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.