Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Finlyandiya, Norvegiya va Estoniya bilan chegaralarda harbiy qismlarni kengaytirmoqda hamda temir yo‘llar qurmoqda

Rossiya Finlyandiya, Norvegiya va Estoniya bilan chegaralarda harbiy qismlarni kengaytirmoqda hamda temir yo‘llar qurmoqda

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

"Amerikaning tijorat sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bilan shug‘ullanuvchi Planet kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Rossiya rasmiylari Finlyandiya va Norvegiya bilan chegaradosh hududlardagi harbiy qismlarni kengaytirgan, shuningdek, Finlyandiya, Norvegiya va Estoniya bilan chegaralar bo‘ylab yangi temir yo‘l tarmoqlari barpo etmoqda. Ekspertlar bu harakatlarni yangi urushga tayyorgarlik sifatida talqin qilmoqda", deb yozadi gazeta.

Evropa razvedkasi xodimi WSJ'ga bergan izohida, Rossiya NATO'ning birligiga shubha solish maqsadida alyansga a’zo kichik bir davlatga, masalan, rus millatiga mansub aholi ko‘p bo‘lgan Estoniyaga bostirib kirishga urinishi mumkinligini aytdi.

Karnegi jamg‘armasining Rossiya va Yevroosiyo dasturi katta ilmiy xodimi Maykl Kofmanning fikricha, Rossiya "yaqin orada" Boltiqbo‘yi davlatlariga qarshi "cheklangan harbiy operasiya" o‘tkazishi mumkin.

Kiritildi: 10:51 29.04.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!