“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-52-son, 12.02.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya Federasiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.
🗓 Shartnoma 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida imzolangan.
🏢 Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
✔️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.