Rossiya Federasiyasi Federasiya kengashi Rossiya va Eron o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi.
Rossiya parlamenti yuqori palatasining bugungi yalpi majlisida joriy yilning 17 yanvarida imzolangan Rossiya va Eron o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish haqidagi qonun ko‘rib chiqildi.
Federasiya Kengashi 8 aprel kuni Davlat Dumasi tomonidan ratifikasiya qilingan shartnomani ma’qulladi.