Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Eronga dronlar, oziq-ovqat va dori-darmonlarni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya Eronga dronlar, oziq-ovqat va dori-darmonlarni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya Islom Respublikasini Qo‘shma Shtatlar va Isroilga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlash uchun Eronga dronlar, dori-darmon va oziq-ovqat yuborishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu haqda The Financial Times (FT) xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, G‘arb razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva va Tehron harbiy harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay dronlarni yetkazib berish bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiyani boshlab, bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirdilar. Bunga javoban Eron Isroilga raketalar otdi va Fors ko‘rfazidagi Amerika harbiy bazalariga ham hujum qildi. Vaziyat tufayli mintaqadagi bir nechta davlatlar vaqtincha o‘z havo maydonlarini yopib qo‘yishdi. O‘sha kuni Eronning Oliy rahbari Ali Xomeney havo hujumlarida halok bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!