Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya elchixonasida “G‘alaba bizniki bo‘ladi” iborasi yozilgan banner osildi

Rossiya elchixonasida “G‘alaba bizniki bo‘ladi” iborasi yozilgan banner osildi

Seuldagi Rossiya elchixonasida “G‘alaba bizniki bo‘ladi” iborasi yozilgan banner osildi, Janubiy Koreya uni olib tashlashni talab qildi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Seuldagi Rossiya elchixonasi binosiga 15 metrlik banner osilgan bo‘lib, unda Rossiya bayrog‘ining ranglarida “Pobeda budet za nami” (“G‘alaba bizniki bo‘ladi”) degan shior yozilgan.

Vazirlik bu banner Janubiy Koreya fuqarolari va boshqa davlatlar bilan munosabatlarda ortiqcha taranglik yaratishi mumkinligini, chunki u Rossiya-Ukraina urushiga ishora qilayotgandek qabul qilinishini bildirib, uni olib tashlashni talab qildi.

Rossiya elchixonasi esa bayonotida banner fevral oyida nishonlanadigan bayramlar – Diplomatik xodimlar kuni va Vatanni himoyachilari kuni munosabati bilan osilganini ma’lum qilgan.

Elchixona bayonotiga ko‘ra, bannerdagi ibora barcha rossiyaliklarga tanish bo‘lib, mamlakat tarixiga, jumladan, sovet xalqining fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonish uchun safarbar qilinishiga bog‘liq. Xabarda shuningdek, bayramlar tugagach, banner olib tashlanishi aytilgan.

Kiritildi: Bugun 18:28. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!