Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya YEIga neft va gaz yetkazib berishdan 320 milliard dollardan ortiq daromad oldi

Rossiya YEIga neft va gaz yetkazib berishdan 320 milliard dollardan ortiq daromad oldi

Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan buyon YEIga neft va gaz yetkazib berishdan 320 milliard dollardan ortiq daromad oldi.

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan buyon Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 320,7 milliard dollarlik (taxminan 286 milliard yevro) neft va gaz sotgan. Bu haqda Rossiya hukumati bosh vazirining energetika sohasiga mas’ul o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyidagina Yevropa mamlakatlari Rossiyadan 21,3 milliard dollarlik energiya resurslarini xarid qilgan.

Evropa Ittifoqi Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etganiga qaramay, Rossiyaning ayrim energiya resurslari eksporti davom etmoqda.

«Boshqacha aytganda, sanksiya cheklovlariga qaramay, biz istisnolar nazarda tutilgan ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha energiya resurslarini yetkazib berishda davom etyapmiz», — dedi Novak.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, shuningdek, 2026 yil oxiriga kelib Rossiya nefti eksporti Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldingi darajaga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.

Kiritildi: 19:52 13.10.2026. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!