Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Dumasi prezidentga xorijda armiyadan foydalanish vakolatini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Rossiya Dumasi prezidentga xorijda armiyadan foydalanish vakolatini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Rossiya Davlat dumasi “Prezidentning xorijdagi rossiyaliklarni himoya qilish uchun armiyadan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi” qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Mazkur qonunga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlaridan mamlakat hududidan tashqarida foydalanish to‘g‘risidagi qarorni prezident qabul qiladi.

Faridaily loyihasining qayd etishicha, ushbu qonunning maqsadi tushunarli emas, chunki prezidentda xorijiy yoki xalqaro organlar tomonidan Rossiya manfaatlariga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha “choralar ko‘rish” huquqi shusiz ham mavjud. Tushuntirish xatida aytilishicha, yangi qonun loyihasi qayd etilgan me’yorni “rivojlantirish maqsadida” qabul qilinadi.

“Kommersant” nashri suhbatlashgan huquqshunoslarning taxmin qilishicha, yangi me’yor sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan “soya floti” kemalarini kuzatib borish yoki qo‘riqlashning “qonuniy rasmiylashtirilishi» bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 19:10 14.04.2026. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!