Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya dronlari Ukrainada 200 dan ortiq yo‘lovchisi bor poyezdga hujum qilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiya dronlari Ukrainada 200 dan ortiq yo‘lovchisi bor poyezdga hujum qilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda BBC xabar berdi.

Xarkov viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ikki dron poyezd yaqiniga urilgan, uchinchi dron esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri vagonlardan biriga tekkan. Natijada yong‘in kelib chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, hozircha besh nafar halok bo‘lgan shaxsning jasadi topilgan. Qurbonlarning shaxsini aniqlash DNK-ekspertiza orqali amalga oshirilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yo‘lovchi poyezdga qilingan hujumni “terrorizm” deb atadi.

"Poyezd vagonida bo‘lgan tinch aholini yo‘q qilishning hech qanday harbiy maqsadi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Ushbu poyezdda 200 nafardan ortiq odam bor edi. Rossiya dronlaridan biri tekkan vagonda esa 18 kishi bo‘lgan", — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram–kanalida.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!