Ukrainaning Donesk viloyati aholisini Rossiyaning dron zarbasi tufayli evakuasiya qilish chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi.
Bu haqda shahar harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbunov ma’lum qildi.
"Bir ko‘ngilli Donesk viloyatining Kostiantinivka shahrida evakuasiya missiyasi chog‘ida dushman dronining zarbasi natijasida halok bo‘ldi. Yana ikki nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Yaradorlar tezda Drujkovka shahar kasalxonasiga yetkazildi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Yaradorlar xavf ostida", — deyiladi xabarda.
Gorbunovning qayd etishicha, hujum Kramatorsk ko‘ngillilar uyushmasiga tegishli avtomobilga zarar yetkazgan.