Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Davlat Dumasi: "Tramp va Mask o‘rtasidagi ziddiyat - AQShning inqirozini ko‘rsatib berdi"

Rossiya Davlat Dumasi: "Tramp va Mask o‘rtasidagi ziddiyat - AQShning inqirozini ko‘rsatib berdi"

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ilon Mask o‘rtasidagi ziddiyat AQShda raqamli iqtisodiyotni boshqarishdagi chuqur inqirozning ko‘rsatkichidir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi a’zosi Anton Nemkin aytib o‘tdi.

Avvalroq Mask AQSh prezidenti Donald Trampning subsidiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlaridan so‘ng SpaceX darhol Dragon kosmik kemasini foydalanishdan chiqarishni boshlashini, shundan so‘ng amerikalik milliarder Trampga impichment e’lon qilish g‘oyasini omma oldida qo‘llab-quvvatlaganini aytgandi. Keyinroq tadbirkor fikridan qaytdi va bu ishni qilmasligini aytdi.

"Tramp va Mask o‘rtasidagi mojaro endi shunchaki shaxsiy janjal emas: bu AQShda raqamli iqtisodiyotni boshqarishdagi chuqur inqiroz ko‘rsatkichidir", — deb yozdi u "Telegram"dagi kanalida.

Deputatning fikricha, Tramp biznes va texnologiyalar nazoratdan chiqib ketsa, ularga qarshi tahdidlar qo‘llashga tayyor, Mask esa o‘z navbatida innovasiyalar erkinligini orzu qiladi, lekin birovning qoidalari bilan siyosiy o‘yinlarga tayyor emas.

"Tesla aksiyalari 15 foizga arzonlashdi. SpaceX loyihalarni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda. Oq uy vahima qo‘zg‘atib, "kelishuv uchun telefon suhbati" tayyorlamoqda. Ammo obro‘ va institusional oqibatlar allaqachon qaytarib bo‘lmas darajaga keldi", - deya ta’kidladi parlament a’zosi.

Nemkin AQShda hukumat va biznes o‘rtasida siyosiy vertikalga mos kelmasa, "ko‘priklar qulab tushishi"ga e’tibor qaratdi.

"X"da bitta repost - birjadan milliardlab dollar bug‘lanadi. "Truth Social"da bitta post - davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi shartnomalar buziladi. Mana, AQSh siyosati amalda", - deya xulosa qildi Parlament a’zosi.

Kiritildi: 13:36 06.06.2025. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!