Rossiya hukumati Ukrainadagi urushda shartnoma asosida qatnashgan chet elliklarni vataniga ekstradisiya qilmaslik haqida qaror qabul qildi.
Ular jinoiy javobgarlikka tortilmaslik uchun faqat jarima yoki jamoat ishlari bilan cheklanadi.
Bu chora Rossiya armiyasida jang qilayotganlar uchun “qo‘shimcha rag‘bat” sifatida baholanmoqda.
Eslatma: O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlar harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlangan.
Bu uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.