Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Bosh shtabi rahbari AQSh kemalariga xavfsiz masofaga chekinishni taklif qildi

A A A
Rossiya Bosh shtabi rahbari AQSh kemalariga xavfsiz masofaga chekinishni taklif qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov o‘tgan hafta AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Charlz Braunga qo‘ng‘iroq qildi.

ABC telekanali xabariga ko‘ra, Gerasimov 27 noyabr kuni Braunga qo‘ng‘iroq qilib, O‘rtayer dengizida Rossiya harbiy kemalaridan gipertovushli raketalarning yaqin orada sinovdan o‘tkazilishi haqida ogohlantirgan. U Amerika kemalarini xavfsiz masofaga chekinishga taklif qildi. 3 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi O‘rta er dengizi sharqiy qismida bo‘lib o‘tgan ushbu sinovni ommaviy ravishda e’lon qildi.

«New York Times» gazetasining yozishicha, Gerasimov amerikalik hamkasbiga Kreml Oreshnik deb ataydigan yangi raketaning sinovi Bayden ma’muriyati Ukrainaga tan olingan Rossiya hududidagi nishonlarda ATACMSdan foydalanishga ruxsat berishdan ancha oldin rejalashtirilganini aytgan. Putin raketa zarbasini Rossiya hududiga birinchi ATACMS hujumiga javob sifatida taqdim etgan.

Kiritildi: 21:25 05.12.2024. O'qildi: 11779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!