Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Sudandagi sulh haqidagi rezolyusiyasini blokladi

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Sudandagi sulh haqidagi rezolyusiyasini blokladi



Buyuk Britaniya va Serra-Leone tomonidan tayyorlangan rezolyusiya loyihasini BMTning eng qudratli organining qolgan 14 a’zosi yoqlab ovoz berdi. Hujjat Sudandagi fuqarolar urushining barcha tomonlarini «harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga» va «milliy o‘t ochishni to‘xtatish» bo‘yicha muloqotni boshlashga, jumladan, mamlakatdagi gumanitar inqirozni hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Britaniya hukumati saytidagi bayonotda ma’lum qilindi.

Matnda Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Moskvaning rezolyusiyaga to‘sqinlik qilishini «yovuz, jirkanch va beadab» harakat deb atadi. «Rossiya harakat qilgunga qadar yana qancha sudanlik o‘ldirilishi kerak, yana qancha ayol zo‘rlanishi, yana qancha bolalar ovqatsiz qolishi kerak?» – ritorik savol beradi.

«Ukrainada bosqinchilik urushini olib borayotgan Putin sharmanda bo‘lsin. Afrika qit’asi bo‘ylab mojaro va zo‘ravonliklarni yoyish uchun o‘z yollanma askarlaridan foydalanayotgan Putinga sharmandalik», - deyiladi Lemmi bayonotida.

Kiritildi: 13:02 19.11.2024. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!