Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi.
Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya matbuot anjumani o‘tkazib, Xavfsizlik kengashining joriy oydagi kun tartibini belgilab berdi.
Diplomatning ta’kidlashicha, oktyabr oyida Yaqin Sharq, Afrika va boshqa mintaqaviy muammolar Xavfsizlik Kengashining diqqat markazida bo‘ladi. Shuningdek, u 23 oktyabr kuni Kengashda Yaqin Sharq bo‘yicha ochiq debat bo‘lib o‘tishi, unda BMTning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori o‘rinbosari va doimiy koordinatori Ramiz Alekperov so‘zga chiqishini ma’lum qildi.
Nebenzyaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina masalasi hozirda Xavfsizlik Kengashining kun tartibida emas, lekin agar a’zo davlatlar talab qilsa, muhokamaga olib chiqilishi mumkin.
"BMT Xavfsizlik Kengashining ish uslublari 80 yil davomida o‘zgarmadi. Rossiya o‘z raisligi davrida tartib, tartib-intizom va samaradorlikni saqlashga jiddiy e’tibor beradi", - dedi elchi.
Diplomat, shuningdek, Xavfsizlik Kengashining oktyabr oyidagi kun tartibiga yangi Bosh kotibni saylash jarayonining boshlanishi ham kiritilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi rahbarlarining qo‘shma maktubi bilan bu jarayon yil oxirigacha boshlanishi mumkin.