Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Barens dengizi va Yevroarktika mintaqasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi

Rossiya Barens dengizi va Yevroarktika mintaqasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi

Rossiya Barens dengizi va Yevroarktika mintaqasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi.

Tegishli qaror Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolanib, RF rasmiy huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Bundan tashqari, Moskva 2008 yilda Barens/Evroarktika mintaqasi kengashi davlatlari bilan tuzilgan favqulodda holatlarning oldini olish, ularga tayyorlik va javob choralarini ko‘rish bo‘yicha hamkorlik haqidagi kelishuvdan ham chiqmoqda. Hozirda bu tashkilot a’zolari qatoriga Daniya, Islandiya, Norvegiya va Shvesiya kiradi. Rossiya ham mazkur kengash a’zosi bo‘lgan, biroq Ukrainaga bosqin boshpanganidan so‘ng boshqa a’zolar u bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

2023 yilda Rossiya kengashni tark etganini e’lon qilib, uning faoliyati “G‘arb vakili bo‘lgan ishtirokchilarning aybi bilan amalda falaj holatga kelgani”ni bildirgan edi.

2024 yil noyabr oyida Finlyandiya ham BYMKdan chiqishini e’lon qildi, bu qarorni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan “mazkur format bugungi ehtiyojlarga javob bermayapti” deb izohladi. Helsinki shimoliy mintaqalarga oid hamkorlikni boshqa yo‘llar bilan davom ettirishga va’da bergan.

Kiritildi: 17:00 19.04.2025. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!